Kanselu va Gvardiola o‘rtasidagi janjal sababi ma’lum bo‘ldi
Joau Kanselu "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi. Portugaliyalik futbolchining ketishiga Gvardiola bilan bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Jurnalist Mayk Kigan xabariga ko‘ra, futbolchi juma kuni bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda "shaharliklar"ning asosiy tarkibida boshlamaganligi Kanseluni g‘azablantirgan.
Avvalroq, jamoaning bir qancha futbolchilari Gvardioladan noroziligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
"Bavariya" 28 yoshli himoyachini 70 million evroga sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar