Kanchelskis: Jaloliddinov “Lokomotiv”da? U tezkor, aqlli lekin Rossiyada qiynaladi

  • 15 iyun, 2020, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Bunyodkor”ning 18 yoshli futbolchisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabat bildirdi.

Tecno

Taniqli murabbiyning fikrlarini Rossiya sport nashrlari muxlislar e’tiboriga havola qilmoqda.

- Bu futbolchini bizga ham tavsiya qilishgandi. Biz 18 yoshli futbolchi uchun katta mablag‘ to‘lolmaymiz. 300 ming evro katta pul. U hali O‘zbekiston chempionati saviyasidan o‘sib ketganicha yo‘q. U jismonan kuchayishi kerak. Hozir Rossiya chempionatiga ko‘nikishi qiyin kechadi. Uning bo‘yi baland emas. Lekin qo‘l-oyog‘i chaqqon, aqlli futbol ko‘rsatadi. Qanotlardan hujumga o‘tadi, jamoasining asosiy tarkibida o‘ynamoqda. Yaxshi o‘ynaydi. Bu erda ozgina tajriba orttirishi kerak, - dedi Kanchelskis.

Shuningdek, tajribali murabbiy “Lokomotiv” ham rivojlanish yo‘lida yangi yo‘nalish olayotgani, Jasurning Italiyaga borib kelgani, agar moskvaliklarga bu o‘yinchi kerak bo‘lsa, albatta u uchun mablag‘ ham topilishini ta’kidladi.

Rossiya matbuoti “Lokomotiv” (Moskva) o‘zbekistonlik 18 yashar vunderkindni olayotganini bong urmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!