
Kamshibek Konkabaev Lazizbek Mullojonovga raqib bo‘ladi. Qozog‘iston boks terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi ma’lum bo‘ldi
Shu yilning 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur qit’a birinchiligiga Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston boks terma jamoasiga asosiy raqobatchi hisoblangan Qozog‘iston ham qit’a birinchiligida ishtirok etadigan tarkibini e’lon qildi:
-48 kg. Sanjar Tashkenbay
-51 kg. Saken Bibosinov
-54 kg. Sabirxan Mahmud
-57 kg. Serik Temirjanov
-60 kg. Samatali Toltaev
-63,5 kg. Sanatali Toltaev
-67 kg. Dulat Bekbauov
-71 kg. Aslanbek Shimbergenov
-75 kg. Nurkanat Rays
-80 kg. Nurbek Oralbay
-86 kg. Sagindik Toganbay
-92 kg. Aybek Oralbay
+92 kg. Kamshibek Konkabaev
Fikrlar