"Kamp Nou" nomini sotib oladigan milliarder nomi ma’lum bo‘ldi
Nigeriyalik milliarder Alki Devid “Barselona”ning uy stadioni hisoblangan “Kamp Nou” nomini sotib olish istagini bildirmoqda.
“Men bu imkoniyatga ijobiy qarayman. Bu sportdagi tarixiy voqealardan biridir. Bu mening hozirgi rejalarimga to‘g‘ri keladi. Biz bu borada hafta boshida aloqaga chiqdik va ishonchim komilki, shartnoma imzolanadi”, - deydi Devid.
“Barselona” o‘z tarixida ilk bor uy stadioni nomini sotishga qaror qildi. Undan keladigan mablag‘ esa koronavirusga qarshi kurashga sarflanishi aytilmoqda.
Alki Devidning hozirgi paytdagi boyligi 1,7 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda.



Fikrlar