Kamondan va para kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi

CHERY AUTO

Bugun Farg‘ona viloyati futbol maktabida kamondan va para kamondan otish sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida O‘zbekiston kubogi musobaqalariga tantanali start berildi

Tecno

Mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan etib kelgan tajribali sportchilar va yosh iste’dod egalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqalar quyidagi masofalarda tashkil etilgan:

70 metr – kattalar (erkaklar va ayollar), yoshlar (o‘g‘il va qizlar);
60 metr – o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar);
30 metr – kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar).

 Bellashuvlar 27 sentyabr kuniga qadar davom etib, eng kuchli sportchilar aniqlanadi va ular O‘zbekiston kubogi sovrindorlari sifatida taqdirlanadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!