
Kamoliddin Tojiev: "Yigitlar kiyinish xonasida qolib ketgandek edi"
Elit Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Rayyan" uchrashuvi yakunlandi. Unda Qatar klubi kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 51-daqiqada Xazem Ahmed Shexata tomonidan kiritildi. Bellashuvdan so‘ng Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.
"Birinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. 3-4 marta yaqqol golli imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynamadik, yigitlar kiyinish xonasida qolib ketgandek edi. Raqibning goli kutilmagan vaziyatda bo‘ldi, shunchaki tepilgan to‘p darvozaga kirib ketdi. Omadimiz kelmadi. Bahs davomida tashabbus bizda edi.
Bizga ikkinchi bo‘limda charchoq ta’sir qilgandir, balki. Lekin buncha imkoniyatdan gol urishimiz kerak edi. Raqibda umuman vaziyat bo‘lgani yo‘q. Ba’zida bunday o‘yinlar uchraydi", - dedi "sherlar" ustozi.
Fikrlar