Kamoliddin Tojiev: "Umid hech qachon uzilmaydi"

  • 8 noyabr, 19:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 28-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Birinchi bo‘limda biroz o‘yinimiz chiqmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda to‘liq bizning nazoratimizda o‘tdi. 3-4 ta 100 foizli imkoniyatlarni yaratdik. Aziz ikkita aqlbovar qilmas gollarni qaytardi. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat. Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi.  

- Bu durangdan keyin “Paxtakor”ni chempionlikka bo‘lgan imkoniyati kamayib ketdimi? Umid uzildimi?

-  Umid hech qachon uzilmaydi. Oxirigacha kurashamiz, yana ikkita o‘yinimiz bor. G‘alaba uchun chiqamiz.

- Igor Sergeevni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmaganingiz sababi nimada?

- Sergeev ikki davradan beri to‘liq o‘ynayapti. Yana terma jamoaga borib, ikkita o‘yin o‘ynaydi, unga biroz dam berdik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!