Kamoliddin Tojiev: "Tezkor gol urib olganimiz bizga yordam berdi"

  • 19 oktabr, 21:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi Superliganing 25-turida "Qizilqum"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumani "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev shunday dedi:

Tecno

"Tezkor gol urib oldik. Bu bizga yordam berdi, sababi raqib ham ochilishga majbur bo‘ldi. Qizil kartochkadan so‘ng o‘yinimiz yana o‘zgardi. Yigitlarga rahmat.

Keyingi o‘yinga rejalarimiz bor. Ularni ochiqlay olmayman. Reja bo‘yicha ish tutamiz. Bizda 11 nafar emas, 20 futbolchi bor. Barchani bir xil ko‘ramiz. Har bir pozitsiyaga ikki futbolchi bor", - deydi Tojiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!