Kamoliddin Tojiev: "Shatskix bilan maslahat qilamiz. Busiz bo‘lmaydi"

  • 8 oktabr, 2024, 08:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda sherlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Ikkita gol o‘z xatomiz bilan bo‘ldi. Raqib tezkor va hujum uyushtirishni yaxshi uddalaydi. 

- Cheran so‘nggi 3 bahsda avvalgidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Buning siri nimada?

- Hozir ko‘proq ular istagan narsa ustida mashg‘ulotlarda ishlayapmiz. Doim bir tekisda o‘ynab bo‘lmaydi. Futbolchi hozir to‘purar bo‘lmoqchi. 

- Bo‘riev, Ibragimov va Abdummanopov nega tarkibda emas?

- Ibragimovda kichik jarohat bor. Bo‘riev Erondagi o‘yinda qo‘li lat egani uchun yordam bera olmadi. Abdumannopov ham 4 kun davomida oyog‘ida og‘riq sezdi. 

- Bosh murabbiylik qiyinchilik tug‘dirmayaptimi? Shatskix yordam beryaptimi?

- Avval bosh murabbiy bo‘lib ishlamaganman. Qiyinchilik bor. Shatskix bilan maslahat qilamiz. Busiz bo‘lmaydi. 

- Erondagi "Persepolis" bilan o‘yin haqida 

- Juda tezkor gol o‘tkazdik. Omadsizlikka uchradik startdayoq. Keyin yigitlar vaziyatni o‘ngladi. Raqibga bosh zona qoldirmadik.

- "Paxtakor"da ichki muhit qanday?

- Juda ham yaxshi ichki muhit. Yigitlar bir-biri bilan juda ham ahil.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!