Kamoliddin Tojiev: "Raqibni mensimaslik holati bizda bo‘lgani yo‘q"
Bugun Superligada 26-tur boshlandi. "Xorazm" - "Paxtakor" bahsida mehmonlar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida fikr bildirdi.
"O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Raqibimiz futbol o‘ynaydigan jamoa. Birinchi bo‘limda bir necha imkoniyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa kerakli to‘pni kiritdik. Bir necha yigitlarni sun’iy qoplamali maydon sababli Xorazmga olib kelmadik. Ularni jarohatlardan asrash muhim. Raqibni mensimaslik holati bizda bo‘lgani yo‘q".



Fikrlar