Kamoliddin Tojiev: "Nasaf"ga qarshi teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman"

  • 15 avgust, 2023, 22:14
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 11-turdan qoldirilgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bir necha kun ichida kuchli jamoalar bilan uchrashuv o‘tkazdik. Teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi.

11-tur paytida o‘yin qoldirganimiz boisi ko‘p yigitlar terma jamoa tarkibida edi. Yoshlarimiz muhim bellashuvlarda ishtirok etishdi. Shu sabab, bahsni qoldirishga to‘g‘ri kelgandi. 

"Nasaf" ham kuchli jamoa. Ularda tezkor futbolchilar etarli. Baribir har bir klub gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqadi. "Ajdarlar" ham shu kabilar sirasiga kiradi. 

Azmiddinovning jarohati u qadar jiddiy emas. U keyingi uchrashuvlarda jamoamizga yordam bera oladi, deb o‘ylayman. Shahzod oyoq paylarini cho‘zib olgan, xolos. Har holda, bizga shunday ko‘rindi", - dedi mutaxassis o‘yindan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulatif Nosirov
16/08/2023 11:41
Пахтакор ва Насаф учрашуви яхши утди Банашакда уйин амалийоти йук яхши уйнай олмайди
Сауфиев дарвозага аник аник тепса яхши буларди
Алижоновга койил.