Kamoliddin Tojiev: "Mezbonlar oson taslim bo‘lishdi, deb o‘ylamayman"

  • 19 may, 08:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyda bo‘lib o‘tgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

"Yigitlar barcha rejalarni yaxshi bajarishdi, deyish mumkin. O‘yin to‘liq nazoratimiz ostida kechdi. Tezkor gol urishni maqsad qilgandik. Buni uddaladik va bellashuv davomida hujumkor futbol ko‘rsatdik. Tayyorgarlik jarayonida rejalashtirgan jihatlarni amalga oshirdik. Mezbonlar oson taslim bo‘lishdi, deb o‘ylamayman. Ular oxirigacha kurashishdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!