
Kamavinga: "Kilian Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlaydi"
Eduardo Kamavinga "Real"ni Kilian Mbappe uchun ideal klub deb atadi.
"Real Madrid"ga o‘tish - uning faoliyatining yaxshi davomi. Unga PSJdan keyin shunday klub kerak edi. Uning shaxsiy maqsadlari bor va "Real" Mbappega bu borada yordam baradi. Bu jamoaviy maqsadlarga xam tegishli, chunki Mbappe Chempionlar ligasini yutishni xoxlaydi. Menimcha, "Real" u uchun ideal klub", - deydi Madridliklar va Frantsiya terma jamoasi yarim ximoyachisi "Telefoot"ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Mbappe "Real" safiga PSJdan erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Fikrlar