Kamaru Usman-Xorxe Masvidal jangidagi eng sara suratlarni tomosha qiling!

  • 25 aprel, 2021, 10:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun AQShning Jeksonvill shahri "UFC 261" turniriga mezbonlik qildi. Ushbu jang kechasida uchta chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, ayollar o‘rtasida super engil vazn toifasi vakilasi Valentina Shevchenko Jessika Andradeni mag‘lub etib, chempionlik kamarini munosib himoya qilgan bo‘lsa, "somoncha"divizioni chempioni Veyli Jang Rouz Namayunasdan nokautga uchrab, chempionlikni topshirdi va eng asosiy bahsda Kamaru Usman Xorxe Masvidalni ikkinchi raundda nokautga uchratib, barcha gap-so‘zlarga yakun yasadi. 

Tecno

Quyida ushbu markaziy jangdan olingan ajoyib fotolarni taqdim etamiz.

Usmandan an’anaviy start!

MMA_1

Kamaru Usman Nigeriyada tavallud topgan va islom diniga e’tiqod qiladi. U Allohdan kuch-quvvat so‘radi va natija barchaga ma’lum...

MMA1_2

Muxlislarga va nihoyat, UFC janglariga kirishga ruxsat berildi. Ularning yuzidagi quvonchni ko‘rib turibsiz!

MMA2

Kamaruning kuchli "overxend" zarbasi bu safar kutganidek natija bermagandi. Masvidal esa bu gal qutilib qolgan vaziyat...

MMA4

Xorxe Masvidal bir nechta kuchli "lou-kik" zarbalarini yo‘lladi. Lekin bu Usmanga talofot etkaza olmadi.

MMA5

Bu safar Xorxe "midl-kik" zarbasini yo‘lladi. Og‘riqli bo‘ldi. Buni Usmanni yuzidan ham anglash mumkin.

MMA8

Masvidalning tashrif qog‘ozi bo‘lmish "Uchar tizza" bu safar ish bermadi. Chunki Usman Ben Askren emasdi!

MMa10

Bu safar Xorxe Usmanning "kross" zarbasidan qochib qutula olmadi. 

mma12

 Usmanning to‘g‘ridan yo‘llagan zarbasi Masvidalni kamroq gapirish kerak ekanligiga o‘ziga xos ogohlantirish bo‘ldi 

mma13

Bu zarba "portlash"ning oldidan chalingan qo‘ng‘iroq edi.

mma14

Bu zarba esa, jangdan avval Usmanning zarbasi kuchsiz, degan Masvidalga munosib javob edi. 

mma16

Masvidal "ertagi" tamom!

mma17

Usmandan xursandchilik ko‘z yoshi...  Ro‘yxatga e’tibor bering! Demiyan Maya, Dos Anos, Vudli, Kovington, Byorns, Masvidal. Usman divizion qiroli!

mma18

Fotolar mmajunkie.com saytidan olindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!