Kamaru Usman ikkita kamarga ko‘z tikmoqda
UFC ning yarim o‘rta vazn (77 kg) sobiq chempioni Kamaru Usman o‘zining ideal rejasi haqida gapirdi.
“Faoliyatim uchun mukammal stsenariy mana shunday: keyingi jangda yarim o‘rta vazn kamarini qo‘lga kiritish, so‘ng uni bo‘shatib, o‘rta vaznda (84 kg) chempion bo‘lish va karerani yakunlash. Barchasi shu ketma-ketlikda borishi — eng yaxshi variant”, — dedi nigeriyalik "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.
Hozirda Kamaru UFC dagi keyingi jang sifatida Islom Maxachev va Jek Della Maddalena bahsi g‘olibi bilan to‘qnashishni ko‘rib chiqmoqda. Shundan so‘ng esa u Xamzat Chimaevga qarshi jang qilishni rejalashtirgan.



Fikrlar