"Kalyari" Shomurodovni qaytarish uchun harakat qilmoqda

  • 22 iyun, 2024, 06:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Eldor Shomurodovning ijara muddati o‘z nihoyasiga etib, "Roma"ga qaytdi. Ammo klub uni bu yozda sotishga harakat qilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Shu bilan birga, terma jamoamiz sardoriga ilk xaridorlardan biri "Kalyari" bo‘lib turibdi.  

Tecno

 "L'Unione Sarda" nashri xabar berishicha, sardiniyaliklar Shomurodovni qaytarish uchun harakat qilmoqda, lekin 9 million evroga sotib olish niyati yo‘q. Shartnoma shartiga ko‘ra, klub u bilan doimiy bitim imzolashi uchun rimliklarga 9 million evro to‘lashi kerak edi. "Kalyari" esa hujumchini bundan arzonroqqa sotib olishni rejalashtiryapti. Tez orada klublar o‘rtasida muzokaralar boshlanadi. 

FC Internazionale v Cagliari - Serie A TIM

Agarda Eldor jamoada qoladigan bo‘lsa, Klaudio Raneri bilan emas, balki yangi mutaxassis bilan ishlashi kerak. Sababi, italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum so‘nggida murabbiylik faoliyatini yakunlagandi. Biroq, keyinchalik qaysidir terma jamoada ishlash niyati borligini haqida, Fabritsio Romano ma’lum qilgan. 

Shomurodov yakuniga etgan mavsum "Kalyari" tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Bu 28 yoshli futbolchining so‘nggi 3 yildagi eng yaxshi natijasidir. 

Ma’lumot uchun, hamyurtimizning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Transferlar oynasining bu oynasida klub uni ijaraga berish niyati yo‘q. Shunday ekan vanihoyat mazkur yozda Eldorning yangi klubi aniq bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
22/06/2024 19:42
Каекка карама шомуроодов ...