
Kallani ishlatish kerak!
“Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ralf Rangnikka shogirdlarining “Norvich”dan ikkita to‘p o‘tkazib yuborgani yoqmadi. Uchrashuvdan keyin germaniyalik mutaxassis himoyachilarni tanqid qildi.
- Agar o‘tkazilgan ikkala golga e’tibor qaratsangiz, ayniqsa birinchisida, to‘p yon chiziqni oldida edi, lekin futbolchilarimizga jismoniy tayyorgarlik pand berdi. Raqib bilan to‘qnashuv yuz berganda sal shiddatliloq va kuchliroq harakat qilish kerak.
Juda oson gol o‘tkazdik va biz ana shunday to‘p qo‘yib yuborayotgan ligadagi yagona jamoamiz. Himoyalanganda aqlni ishlatish kerak. Biznikilar ikki raqibga qarshi uch kishi yoki to‘rt kishi o‘ynaganda ham ular uchta urinishda ikkita gol urib ketyapti.
Ochig‘ini aytsam, “Norvich” ancha avval gol urishi mumkin edi. Men o‘yindan umuman qoniqqanim yo‘q, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar