Kaliforniya shtati faoliyatini yakunlagan MMA jangchilari uchun jamg‘arma tashkil qiladi

  • 13 oktabr, 2023, 11:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Kaliforniyada MMA bo‘yicha faoliyatini tugatgan jangchilar uchun fond yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deya ESPN nashri xabar bermoqda. Kaliforniya shtati Atletika komissiyasi (CSAC) ijrochi direktori Endi Fosterning so‘zlariga ko‘ra, u 2024 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. CSACga fond qanday yaratilishini aniqlash vazifasi yuklatilgan.

Tecno

Bir nechta taniqli jangchilar Kaliforniya Qonunchilik palatasi oldida qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun guvohlik berishdi. Jumladan, Yuraya Faber, Josh Emmett, Ket Zingano, Ronda Rouzi ham qonun loyihasini omma oldida qo‘llab-quvvatladi.

Shtatda CSAC tomonidan tasdiqlangan janglarning kamida 39 raundini yakunlagan har qanday MMA jangchisi 50 yoshdan boshlab mablag‘ olish huquqiga ega bo‘ladi. Pul turli yo‘llar bilan, jumladan, Kaliforniyadagi aralash yakkakurashlar bo‘yicha tadbirlarga chiptalar sotish orqali keladi. Shtat, shuningdek, MMA bilan bog‘liq nufuzli turnirlarni sotadi va barcha tushum fondga o‘tadi, dedi Foster.

Boshqa shtatlarda MMA jangchilari uchun shunga o‘xshash mablag‘ yo‘q. Aralash yakkakurash sportchilari kasaba uyushmasi yoki assotsiatsiyasiga ega emaslar.

Eslatib o‘tamiz, Kaliforniyada 1982 yilda bokschilar uchun ham shunday fond tashkil qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!