Kaka Ronalduni Ibragimovich va Maldiniga o‘xshatdi

  • 3 fevral, 2023, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Kaka portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yulduz yaqinda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan 2022 yil oxirida shartnoma imzolagan.

Tecno

“U futbol o‘ynab faoliyatini yakunlashni xohlaydi. Men uni tushunaman, u boshqacha. Ronaldu kabi futbolchilar jamoaga oddiy tushunchani olib kelishadi. G‘alaba mag‘lubiyatga o‘xshamaydi. Ko‘pchilik yosh futbolchilar buni tushunmayotganini his qilyapman.

Bu borada Maldini ajoyib o‘rnak bo‘la oladi. U 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va 5-marta ham g‘alaba qozonishni xohladi. Bunday futbolchilar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu gaplarni Zlatan haqida ham aytish mumkin. U o‘z mentaliteti tufayli hali ham foyda keltirishi mumkin”, - dedi Kaka La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!