Kaka “Oltin to‘p”ni kim olishini aytdi

  • 17 iyun, 2024, 13:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kaka Jud Bellingemni "Oltin to‘p"ga da’vogar deb hisoblamoqda.

Tecno

“Angliyada juda ko‘p yaxshi o‘yinchilar bor. Ilgari ham terma jamoada ajoyib o‘yinchilar bor edi. Ueyn Runi, nazarimda, Angliya termasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. 

Hozirda terma jamoa Judga tayanadi. Bellingem aql bovar qilmaydigan ajoyib futbolchi. U juda yosh, lekin maydonda yoshi katta  mahoratli futbolchidek ko‘rinadi. U o‘yinni juda yaxshi o‘qiydi. O‘z tengdoshlariga qaraganda ancha sovuqqon.

Jud  hali uzoq yillar davomida shunday o‘yin ko‘rsatadi va albatta bu yil menimcha Bellingem “Oltin to‘p”ni oladi”,- dedi 2007 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Braziliya, "Milan" va "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!