
Kaka Benzemaning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi
Braziliya terma jamoasi va "Real"ning sobiq futbolchisi Kaka "qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzemaning bu yil "Oltin to‘p" sohibiga aylanish imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Mukofotning yaqqol favoriti Karim. Ammo hali 100 foiz ishonch hosil qila olmaymiz. Hozirgi Benzema mukammal futbolchi. Menimcha, u “Oltin to‘p”ga loyiq", deydi Kaka.
O‘tgan mavsumda Benzema "Real" bilan Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. La Liganing yakunlangan mavsum frantsiyalik futbolchi 32 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobida 27 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangi mavsumda Karim chempionatning 4 ta o‘yinida 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar