
Kafu: "Hozir undan yaxshi futblchilar bor"
Braziliyalik sobiq himoyachi Kafu hamyurti Neymarning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmagani borasida fikr bildirdi.
- Neymar faoliyati davomida biror marta ham "Oltin to‘p" yutmaganiga hayron bo‘ldingizmi?
"Ha, hayronman. Menimcha, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun jahon chempioni bo‘li shar emas. Neymar faqatgina o‘z darajasi orqali bu sovringa egalik qilishi mumkin.
Hozir u jarohat olgan va undan yaxshiroq futbolchilar bor", - dedi Kafu.
30 yoshli vinger joriy mavsum jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta samarali uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar