
K Liga. Iskanderovning jamoasi "Seul"dan ustun keldi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasi 4-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" jamoasi o‘z maydonida Jamshid Iskanderov to‘p tepadigan "Seongnam"ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda mehmonlar 90-daqiqada kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida Ikrom Aliboev 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, Jamshid Iskanderov 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi.
K Liga. 4-tur
"Seul" - "Seongnam" 0:1
Gol: Tomislav Kis (90).
Fikrlar