
K Liga. Aliboevning supergoli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)
Hamyurtimiz Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" klubi bu tur safarda "Tegu" bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 34-daqiqada Aliboev o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Jung Xyun Cheol oradagi farqni oshirdi. 54-daqiqada Xvang Son Min hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, poytaxtliklar hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
K Liga. 17-tur
"Tegu" - "Seul" 1:2
Gollar: Xvang Son Min (54) - Ikrom Aliboev (34), Jung Xyun Cheol (40).
Fikrlar