Jurnalist Serxio Ramosning maoshini oshkor qildi

  • 3 fevral, 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya milliy terma jamoasi, "Sevilya", "Real" va PSJ klublari sobiq futbolchisi Serxio Ramos faoliyatini Meksikaning “Monterrey” jamoasida davom ettirishi haqida xabar tarqaldi.

Tecno

Taniqli jurnalist Nikoo Skira 38 yoshli futbolchining yangi jamoada qancha maosh olayotganini oshkor qildi. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik himoyachining yillik maoshi 4 million evroni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joizki, Ramos yozda “Sevilya”dan ketganidan keyin uzoq vaqt mobaynida Evropa, Amerika, Afrika qit’alarining bir qator klublari bilan muzokara olib bordi. Biroq Serxioning maosh talabini bajaradigan jamoa topilmadi.

Ramos aslida “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada “Real” va PSJda ham to‘p tepib, bir qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!