
Jud Bellingem o‘zidan zo‘r futbolchi borligini aytdi
Yozda “Real”ga transfer qilingan Jud Bellingem madridliklarning etakchi o‘yinchisiga aylandi. 20 yoshli angliyalik o‘yinchi “top-5” chempionatlari yarim himoyachilari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.
Bellingem joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkizta gol urib, uchta assist qayd etdi va bu yarim himoyachilar o‘rtasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Jud Bellingem o‘z jamoadoshi Vinisius Juniorni eng zo‘r futbolchilardan ekanini alohida ta’kidladi.
- Vinisius – beqiyos futbolchi. Men uni dunyodagi eng zo‘r o‘yinchilardan, deb bilaman. U bilan o‘ynasam, hamma narsa oson kechadi. To‘g‘risini aytsam, u men uchun dunyodagi eng zo‘r futbolchi, - dedi Jud Bellingem.
Fikrlar