Jota "Liverpul"ning rekordchisiga aylandi

  • 15 yanvar, 13:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda (1:1) 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va atigi 22 soniya o‘tib, "o‘rmonchilar" darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga durang natija keltirdi. 

Tecno

"Squawka" ma’lumotlariga ko‘ra, Jota "Liverpul" tarixida Premer-liga doirasida zaxiradan tushganidan keyin eng tez gol urgan futbolchiga aylandi (2006/07 yilgi mavsumdan boshlab yig‘ilgan statistika bo‘yicha).

Arne Slot boshchiligidagi jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. "Qizillar" 20 ta o‘yindan keyin 47 ochko to‘plagan, "Nottingem Forest" esa 21 ta o‘yindan keyin 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!