
Jorj Sen-Per Artur Beterbievni vino ichimligiga o‘xshatdi
Kanadalik aralash yakkakurash jangchisi Jorj Sen-Per yaqin do‘sti rossiyalik yarim og‘ir vazn toifasidagi IBF chempioni Artur Beterbievning mahorati borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“U raqiblariga juda kuchli bosim o‘tkazadi. Bu esa ularni vahimaga soladi. Raqiblari nima qilishni bilmay qoladilar. Men bunday holatga ko‘p guvoh bo‘lganman.
U aql bovar qilmaydigan intizomga ega. E’tiqodi tufayli, umuman spirtli ichimliklar ichmaydi, ziyofatlarga bormaydi.
Artur huddi vinoga o‘xshaydi. Ya’ni, vaqt o‘tgan sari yaxshilanib boraveradi.
Fikrlar