
Jo‘rabekov jamoasini o‘zgartiryapti
2024 yilni “Qizilqum”da boshlagan va ikkinchi davrada “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Shahboz Jo‘rabekov yangi mavsumni boshqa klubda boshlaydigan bo‘ldi.
Boisi, bu yil 28 yoshga qadam bosadigan himoyachi “Bunyodkor”ni tark etganini ma’lum qildi.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Jo‘rabekovga “Buxoro” klubi tomonidan taklif bor. Bu bejiz emas. Sababi, buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev ilgari “So‘g‘diyona”ni boshqarganida Jo‘rabekov uning qo‘l ostida o‘ynagan.
Futbolchi o‘tgan yili “Qizilqum” va “Bunyodkor”da 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta assist bor.
Fikrlar