Jon Terri: "Futbolchilarimizning o‘yinidan juda mamnunman"

  • 1 dekabr, 02:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Terri "Arsenal"ga qarshi derbidan (1:1) keyin jamoa o‘yinidan katta mamnuniyat bildirar ekan, ayniqsa o‘yinda bir kishi kam qolinganiga qaramay, jamoa yuksak darajada harakat qilganini ta’kidladi.

Tecno

"Men juda xursandman. Eng avvalo — yigitlarning o‘yinidan. Biz bir kishi kam bo‘lib qolganimizga qaramay, juda yaxshi o‘ynadik, hatto ancha ustun edik. Birinchi taymda faqat bitta jamoa tashabbusni qo‘lga oldi va g‘alaba uchun kurashdi, keskin va agressiv o‘ynadi. Bu London derbisi va shu kabi ruhni futbolchilarimizdan kutamiz: kurashlarga sho‘ng‘ib tushish, ozgina agressiya bilan o‘ynash.

Afsuski, hakamlar o‘yinni deyarli darhol o‘ldirib qo‘ydi — dastlabki 15 daqiqa ichida uchta sariq kartochka ko‘rsatishdi. Lekin Kaysedoning maydondan haydalishi haqida bahslashmayman.

Faqat bir jamoa g‘alaba uchun harakat qildi — bu bizning jamoa. Oldinga yaxshi chiqqanimiz, himoyada ishonchli o‘ynaganimiz yaxshi ko‘rinib turdi. Yigitlardan a’lo darajadagi o‘yin!

Biz — muxlislar — shundan xursand bo‘lishimiz kerak. Chunki "Arsenal" keyingi haftalarda raqiblarni osonlik bilan engib kelayotgan, shu bois chempionatda peshqadam. Ammo bizga qarshi ular ajralib keta olmadi. Bu esa biz eng kuchli jamoalar bilan ham tengma-teng kurasha olishimizni ko‘rsatadi", — deya ta’rif berib o‘tdi Jon Terri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!