
Jon Terri: "Barselona" - mening davrimdagi eng kuchli jamoa"
"Chelsi"ning sobiq sardori Jon Terri "Chelsi"dan boshqa qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Men "Barselona"ning muxlisiman. Ha, yashirmayman va buni hatto, sir ham demagan bo‘lardim.
Shubhasiz, kataloniyaliklar mening davrimdagi eng kuchli jamoa. Ularga yaqin darajadagi jamoalar bor edi. Biroq ulardan yaxshirog‘ini ko‘rsata olmayman.
Ronaldino va Messi - men qarshi o‘ynagan eng noqulay raqiblar. Afsuski, ulardan birini yaqqol ajratib ko‘rsata olmayman", - dedi angliyalik afsonaviy himoyachi.
Fikrlar