
Jon Jons Tom Aspinall bilan jang uchun 30 million dollar so‘rayotgani haqiqatmi?
UFC rahbari Dana Uayt amaldagi chempion Jon Jonsning britaniyalik Tom Aspinall bilan jang uchun 30 million dollar so‘rayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda taniqli sharhlovchi Jo Rogan xabar berdi.
“Men Jons Aspinal bilan jang qilish uchun 30 million dollar talab qilgani haqida mish-mish eshitdim. Bunga UFC hatto go‘yoki "ha" deb aytganmish. Biroq bu haqiqat emas. Dana Uayt men bilan bog‘lanib, bu mish-mishlarning barchasi bema’nilik ekanligini ta’kidladi. Shuning uchun hammaga bu yolg‘on ma’lumot ekanligini aytishga majbur bo‘ldim” - dedi Rogan o‘zining podkastida.
Ma’lumot uchun, Jon Jonsning va Tom Aspinall to‘qnashuvi bu yil o‘tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar