Joau Nevesh: "Bugun ijrochiligimiz yuqori darajada bo‘ldi. Shuning uchun gollar ko‘p bo‘ldi"
Joau Nevesh Portugaliya terma jamoasining Armanistonga qarshi JCh-2026 saralash uchrashuvidagi (9:1) yuqori samaradorligini e’tirof etdi. Portugaliya shu g‘alaba bilan Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l oldi.
"Kiritilgan gollar soni nafaqat o‘yinda, balki butun hafta davomidagi mashg‘ulotlarda ham jamoaviy ish yaxshi olib borilganidan dalolat beradi. Bundan oldingi bir nechta o‘yinlarda ham juda ko‘p vaziyatlar yaratgandik, lekin ularni golga aylantira olmagan edik. Bugun esa ijrochilik yuqori darajada bo‘ldi. Shuning uchun gollar bunchalik ko‘p.
Bu bizning birinchi marta shuncha vaziyatlar yaratganimiz emas, ammo o‘ylaymanki, ularni bunday yuqori sifat bilan amalga oshirishimiz birinchi marta", — dedi ushbu uchrashuvda xet-trik muallifi bo‘lgan Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Nevesh.



Fikrlar