Joau Kanselu PSJga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
"Bavariya"ni Chempionlar ligasi doirasida PSJga qarshi uchrashuv kutmoqda. Ushbu o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yulian Nagelsmann Kanselu borasida savollarga javob berdi.
"Menimcha, o‘ng qanot himoyada Stanichich o‘ynasa kerak. Uning jarohati bor edi, lekin biz bilan mashg‘ulotda qatnashdi. Stanichich yaxshiroq himoyalana olgani uchun undan foydalanmoqchiman", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Joau Kanselu katta e’htimol bilan "Bavariya"da qolmaydi. U so‘nggi ikkita o‘yinda 12 daqiqa maydonda harakatlandi. Portugaliyalik esa ushbu holatdan norozi.
Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini yozda "Barsa" yoki "Real" qo‘lga kiritishi mumkin. Transfer tahminan 70 million evroga tushadi.



Fikrlar