
Joau Felishdan ajoyib natija
Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati startida Ganani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. "Saralangan jamoa" safida Krishtianu Ronaldu, Joau Felish va Rafael Leau raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
"Opta" statistik nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Joau Felish Portugaliya tarkibida jahon chempionati doirasidagi bellashuvlarda gol urgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Felish 23 yosh-u 13 kunligida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Oldingi o‘rinlarda 1966 yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida gol urgan Antonio Simoesh (22 yosh-u 217 kun) va 2006 yilgi mundialda to‘p kiritgan Krishtianu Ronaldu (21 yoshu 132 kun) kabi futbolchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya keyingi o‘yinini 28 noyabr kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar