Joau Felish qaysi klubga o‘tishni istaydi?

  • 18 dekabr, 2022, 01:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Atletiko”ni tark etishi kutilayotgan Joau Felish PSJga o‘tishni istaydi, deya xabar bermoqda insayder Janluka Di Martsio

Uning so‘zlariga ko‘ra, Madrid jamoasi Felishni qo‘yib yuborishni istamaydi. Agar futbolchi ketsa, uning transferidan 140 million evro ishlab olishni xohlamoqda.

Joau bosh murabbiy Diego Simeone bilan aloqalari buzilgani sabab klubni tark etish istagi paydo bo‘ldi. “Atletiko” esa vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golga assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!