Joan Laporta “Barsa” sovrinsiz qolsa, nima bo‘lishini aytdi

  • 21 dekabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta sovrinlar klub uchun qanchalar muhim ahamiyatga ega ekanini aytdi.

Tecno

- “Barselona” mavsumda birorta sovrinni qo‘lga kiritmasa, albatta, buning oqibatlari bo‘ladi. Biz qat’iy qarorlar qabul qilishga majbur bo‘lamiz.

Hozirgi holat shundayki, biz barcha turnirlarda sovrinlar uchun kurashni davom ettiryapmiz. Biz imkon qadar ularni yutishga harakat qilamiz. Men kelajakka umid bilan qarayapman, - dedi Joan Laporta.

“Barselona” so‘nggi paytda bir necha marotaba raqiblarini enga olmaganidan keyin klub rahbariyati bosh murabbiy Xavi Ernandesni iste’foga chiqarishi haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Evropa matbuoti kataloniyaliklar jamoani “Jirona”ni La Liga peshqadamiga aylantirgan Anxel Michelga topshirmoqchi ekani haqida ko‘p yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!