Jo Xart yana jamoasini o‘zgartiradi
Angliya terma jamoasi sobiq posboni Jo Xart "Byornli"dan ketishni rejalashtirmoqda.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli darvozabon faoliyatini "Norvich"da davom ettirishga yaqin turibdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoa yangi mavsumni APLda o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Xart “Byornli”da darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatda imkoniyatni boy bergach, 2018 yilning dekabridan buyon maydonga tushmay kelmoqda.



Fikrlar