Jo Xart "Milan"ga o‘tmoqchi

  • 11 yanvar, 2020, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Byornli" klubi darvozaboni Jo Xart joriy qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Tecno

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli angliyalik posbon "Milan"ga o‘tmoqchi. Xart Pepe Reyna o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirayotgan "rossonerilar"ga o‘z nomzodini taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, Xart bu mavsum “Byornli” safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Xart uchun A Seriya begona emas. U 2016/17 yilgi mavsumda “Torino” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!