
Jo Rogan: "U UFC dagi ko‘p qirrali eng yaxshi jangchi"
UFC sharhlovchisi Jo Rogan promoushendagi ko‘p qirrali eng yaxshi jangchi kimligini aytdi.
“Agar biz eng kuchli jangchi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Maks Xollouey yoki Iliya Topuriyani eslab o‘tishimiz lozim. Lekin men Islom Maxachevni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim. U ajoyib texnikaga ega va ko‘p qirrali eng yaxshi jangchi”, – dedi Rogan.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev 32 yoshda. Rossiyalik 2015 yilda UFC da debyut qilgan.
Fikrlar