
Jo Rogan: "Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovni enga olardi, agar..."
Taniqli UFC sharhlovchisi Jo Rogan irlandiyalik Konor Makgregor va dog‘istonlik Xabib Nurmagomedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang haqida gapirdi.
"2016 yil Konor juda zo‘r sport formasida edi. Agar U Eddi Alvares bilan kurashgan versiyasida Nurmagomedovga qarshi jang qilganida, biz butunlay boshqacha qarama-qarshilikka duch kelgan bo‘lardik. Ehtimol, Makgregor uni enga olardi" - deya Roganning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Xabib va Konor o‘rtasidagi jang 2018 yil Nyu-Yorkda, "UFC 229" turnirida o‘tkazilgan va bahs to‘rtinchi raundda Nurmagomedovning g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Fikrlar