
Jizzaxlik boks bo‘yicha Osiyo chempionlari va sovrindorlari munosib taqdirlandi (Foto)
Avgust oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yosh bokschilar Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur chempionatida Jizzax viloyatidan Mironshoh Norqosimov (-54 kg vaznda kumush medal), Laziza Yusupova (-52 kg vaznda bronza medal), Muxlisa Hushvaqtova (-54 kg vaznda bronza medal), Sabohat Husanova (-81 kg vaznda bronza medal), Aziza Zokirova (-70 kg vaznda oltin medal) va Jahongir Zokirov (-92 kg vaznda oltin medal) munosib ishtirok etgan edi.
Fikrlar