
"Jirona" Mane bilan bir qatorda "Liverpul"ning yana bir futbolchisiga ko‘z tikkan
Kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan "Jirona" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga jiddiy bel bog‘lagan. Klub allaqachon yuqori darajadagi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Relevo" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yozda "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadigan Tyago Alkantara bilan shartnoma imzolamoqchi. Hozircha futbolchining bu taklifga qanday javob berishi noma’lum.
Avvalroq, "Jirona"ning "An-Nasr"dan Sadio Maneni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar