
"Jirona" "Barselona"ning sobiq hujumchisini sotib olmoqchi
"Jirona" Artyom Dovbikning o‘rniga yangi hujumchi sotib olishga harakat qilmoqda. Variantlar orasida "Braga" a’zosi Abel Ruis ham bor edi. Ayni paytda bu transfer amalga oshishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi. Kataloniyaliklar ushbu xarid uchun 8 million evro to‘laydi. Yaqin kunlarda 24 yoshli strayker Ispaniya klubi tarkibiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Ruisga La Liga begona emas. U "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va 2020 yili 8 million evro evaziga "Braga" klubiga ko‘chib o‘tgan. Yakuniga etgan mavsumda Abel jamoasi tarkibida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar