
Jeyk Pol Olimpiadaga boradimi?
28 yoshli blogger va bokschi Jeyk Pol kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Men professional boksda jahon chempioni bo‘lishni istayman va 2028 yilgi Olimpiadada ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritishni maqsad qilganman. Shundan so‘nggina faoliyatimni yakunlayman" – dedi Pol "Ring Champs" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh boks bo‘yicha Olimpiya terma jamoasini ommaviy axborot vositalarida qo‘llab-quvvatlash uchun Polni jalb qilgan edi.
Fikrlar