
Jeyk Pol ancha kuchli bokschi bilan jang qilmoqchi!
Mashhur bloger va professional bokschi Jeyk Pol og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua haqida gapirdi.
"Entoni yana ikkita, men yana ikkita jang o‘tkazaman va biz 2026 yilda uchrashamiz. Oxirgi suhbatimizda Joshua meni o‘ldirishini aytdi...Qiziq, uning qo‘lidan bu ish kelarmikin?! Barchasini ringda ko‘ramiz" - deb amerikalikning so‘zlarini keltirdi "SportSkeeda".
Eslatib o‘tamiz, Pol so‘nggi jangida Xulio Sezar Chaves ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Fikrlar