Jeydon Sancho o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 9 may, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya”ning etakchi futbolchilaridan biri Jeydon Sancho yozgi transferlar vaqtida Angliya chempionatiga qaytib ketishi mumkin. Aslida 20 yashar hujumkor futbolchiga Angliyaning bir necha klublaridan tashqari “Barselona” ham xaridor hisoblanadi.

Tecno

O‘tgan yozda Sanchoni bazo‘r ushlab qolgan dortmundliklar bu gal uni sotib yuborishga rozi. Chunki futbolchining o‘zi ham qudratliroq jamoaga o‘tib, sovrinlar uchun kurashishni istamoqda.

Jeydon Sancho o‘zini chorlayotgan jamoalar orasidan “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilishni istamoqda. Chunki u manchesterliklar safidagi yulduzlar – Pol Pogba va Brunu Fernandesh bilan birga to‘p tepishni orzu qilyapti.

Garchi “Borussiya” futbolchining ketishiga qarshilik qilmasa-da, uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 100 million evro atrofida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.

Sancho joriy mavsumda Bundesligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va 9 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!