
"Jenoa" amerikaliklar qo‘liga o‘tib ketdi
Italiyaning "Jenoa" klubi egasi o‘zgardi. Amerikaning ulkan kompaniyalaridan biri - "777 Partners" klubning boshqaruvini qo‘lga olish uchun etarli bo‘lgan aktsiyalarni qo‘lga kiritdi.
"Le Gazzeta Della Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar bir necha oy davomida muzokaralar o‘tkazgan. Katta ehtimol bilan 14 sentyabr sanasida rasman yangi rahbarlar ommaga tanishtirilishi kutilmoqda.
Jamoa prezidenti - Enriko Pretsiozi klubda aktsiya egasi sifatida faoliyatini davom ettiradi. U Yana 3 yil davomida jamoa boshqaruvida ishtirok etadi. Shu tariqa, "Jenoa" "A seriya"dagi xorijliklarga tegishli bo‘lgan 8 jamoaga aylandi.
Fikrlar