
Jeko bo‘lajak o‘yinlarda niqobda o‘ynaydi
“Roma” klubi hujumchisi Edin Jeko engil jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra bosniyalik futbolchi o‘ng yanog‘ini operatsiya qildirgan. Shunga qaramay u tez orada Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi qarorgohiga yo‘l oladi va bo‘lajak o‘yinlarda maxsus niqobda harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar