Jek Maddalenaning murabbiyi: “Islom Maxachev bilan jang Belal Muhammad bilan bahsdan osonroq bo‘ladi"
UFC ning yarim o‘rta vazn chempioni Jek Della Maddalenaning murabbiyi Ben Vickers rossiyalik Islom Maxachevga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
“Bu jang menga yoqmoqda. Uslublar jihatidan qaraganda, bu jang Belal bilan bo‘lganidan osonroq bo‘lishi mumkin. Chunki uni nima qilishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Islom esa klassik jang uslubiga ega. U biroz kichikroq bo‘lishi mumkin, lekin shubhasiz, kerakli vaznga chiqadi. Bu erda ikki holat yuz berishi mumkin: vazn tushirmasligi unga foyda beradi yoki ortiqcha kilogrammlar chidamliligiga salbiy ta’sir qiladi — hozircha buni aytish qiyin. Bilishimcha, Maxachev yarim o‘rta vaznda hech qachon jang qilmagan. Bu Islom uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Albatta, u so‘nggi yillarda raqiblarini katta ustunlik bilan engib kelgan, shuning uchun u favorit hisoblanadi. Lekin menimcha, bu to‘qnashuv Della uchun qulay kechadi,” — dedi Vickers "South Cross" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Maddalena qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi "UFC 322" turnirida o‘tkaziladi.



Fikrlar